Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Avgust/2022   Iqtisodiyot

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining salohiyati Pekinda namoyish etildi

PEKIN, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi “Shenzhen AllFood Expo 2022” yarmarkasi ochilishi munosababti bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida respublikamizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining salohiyatiga bag‘ishlangan  taqdimot marosimi o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xitoy Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish imkoniyatlari, ularning xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifati yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdimot ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi. Xorijlik investorlarga mazkur sohada hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.

Xitoyning Shenchjen shahrida ochilayotgan “Shenzhen AllFood Expo 2022” yarmarkasi 26 avgustga qadar davom etadi. Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan, shu jumladan, Fransiya, Italiya, Gretsiya, Belgiya, Janubiy Afrika, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eran, Afg‘oniston, Shri-Lanka, Bolgariyadan 1,5 mingdan ortiq firma va kompaniyalari o‘zlarining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Mavzuga oid

Shanghai Metal Corporation” va “O‘zeltex...

Xitoyning “Shanghai Metal Corporation” korporatsiyasi bilan O‘zbekiston elektrotexnika san...

Jahon banki bilan hamkorlik mustahkamlan...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalar ...

Mamlakatimiz charm-poyabzal sanoatini ri...

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligida charm-poyabzal...

So`nggi yangiliklar