Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Avgust/2020   O‘sish nuqtasi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish geografiyasi kengaymoqda


TOSHKENT, 21 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2000 yildan buyon mamlakatimizning agrar sektori har yili 6,6 foiz o‘sishni tashkil etgan holda barqaror rivojlanmoqda. Bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich – 2,8 foizdan bir necha baravar yuqori, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hozirgi vaqtda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli ushbu soha misli ko‘rilmagan darajada rivojlanmoqda. Eksport hajmi va geografiyasi faol ravishda kengayib bormoqda. O‘zbekistonda 2021 yilga kelib jahon bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari o‘zbekistonlik agrar kompaniyalarga chet el investitsiyalari va savdo sheriklarini topishda, mahalliy mahsulotlarni boshqa davlatlar bozorlarida ilgari surishda ko‘maklashmoqda.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi yordami bilan Samarqand viloyatidagi O‘zbekistonning «GardenCells» kompaniyasi bilan Britaniyaning "Vita Plus Ltd" kompaniyasi o‘rtasida quruq mevalarni yetkazib berish bo‘yicha qiymati 500 ming AQSh dollariga teng shartnoma imzolandi.

– «Garden sels» kompaniyamiz 2017 yil tashkil topgan bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadi, – deydi «GardenCells» kompaniyasi menejeri Mirzohid Niyozov. – Hozirgi kunda 30 dan ortiq davlatga O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet ellik hamkorlarimizga yetkazib bermoqdamiz.

Bugungi kunda, asosan, MDH, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya kabi davlatlarga mahsulotlar eksportini amalga oshirib kelyapmiz.

2020 yil yanvar oyida Buyuk Britaniyaning “Vita Plus Ltd” korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, ushbu davlatga 15 tonna bodom, mayiz hamda yeryong‘oq mahsulotini yetkazib berish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Ushbu korxona keyinchalik ham biz bilan ish olib borish rejasini taqdim etdi va taklifni mamnuniyat bilan qabul qildik.

Hamkorlikni kengaytirish uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ilk jo‘natmani yuborish arafasidamiz. Hozirgi kunda mahsulotni qadoqlash ishi amalga oshirilmoqda, o‘ylaymanki tez kunda ushbu mahsulotlar britaniyalik hamkorlarimizga yetkaziladi.

Qayd etish joiz, 19 avgust kuni qiymati 40 ming dollar bo‘lgan mayiz, bodom, tuzlangan no‘xat va jiydadan iborat birinchi jo‘natma yuborildi.

Yetishtirilgan barcha mahsulotlar savdo va karantin talablariga muvofiq, qadoqlanib, Buyuk Britaniyaga jo‘natiladi. Belgilangan yukning manzilga yetib borish muddati 3-4 haftani tashki qiladi.

Mavzuga oid

“Dunyo” axborot agentligi muxbirlari “Ur...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan mamlaka...

“UzbekMart” – pandemiya sharoitida milli...

Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishd...

Yaponiyaning "Global Silk Road Inc." kom...

​“Dunyo” AA videointervyusi shu mavzuga bag‘ishlangan.

So`nggi yangiliklar