Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Oktabr/2020   Jamiyat

O‘zbekiston raisligida MDH sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashining 32-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 28 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning sog‘likni saqlash sohasida hamkorlik bo‘yicha Kengashining 32-yig‘ilishi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Yig‘ilishda Kengash aʼzolari — O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Moldova va Armaniston sog‘liqni saqlash vazirlari va soha mutasaddilari, shuningdek, MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge ishtirok etdi. 

Shuningdek,  videoanjumanda O‘zbekiston tomonidan mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari rahbarlari ham qatnashdi.

Taʼkidlash joizki, Kengashning bu yilgi barcha yig‘ilishlari O‘zbekiston raisligida o‘tmoqda. Bugungi  konferensiyada MDH davlatlari o‘rtasida COVID-19ga qarshi kurash bo‘yicha birgalikda harakatlanish rejalari, Hamdo‘stlik hududida sanitariya muhofazasi muammolari, MDH davlatlarining qandli diabet kasalligi buyicha ekspert kengashining faoliyati va qator boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Kengashning 32-yig‘ilishida Hamdo‘stlik davlatlarining sog‘liqni saqlash bo‘yicha xalqaro hamkorligi doirasida qator muhim qarorlar qabul qilindi.

Jumladan: 

- COVID-19ning tarqalishi oldini olish bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish, kasallangan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish, ilmiy tajribalar, dori vositalari va vaksinalarni yaratishdagi yutuqlar bo‘yicha o‘zaro maʼlumot almashish; 

- Kengashga 2020 yil 25 dekabrga qadar MDH davlatlarida o‘tkir respirator infeksiyalari va gripp bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi va aholi immunitetining holati to‘g‘risida tahliliy maʼlumotlarni taqdim etish;

- MDH davlatlarining 2030 yilga qadar mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish strategiyasi doirasida tibbiyot bo‘yicha belgilangan dasturlarni ishlab chiqish; 

- 2020-2024 yillarda onkologik kasalliklarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish;

- Kengashning navbatdagi yig‘ilishida MDH va Yevroosiyo onkologiya va rentgen radiologiyasi markazlari hamda institutlari direktorlari assotsiatsiyasi faoliyatini yana-da kengaytirish; 

- Noinfeksion kasalliklarni oldini olish doirasida zararli oziq-ovqat mahsulotlari marketingini cheklash bo‘yicha idoralararo hamkorlik tajribasini ko‘rib chiqish;

- Hamdo‘stlik davlatlari sog‘liqni saqlash tizimlarida AKTni keng joriy etish bo‘yicha tajriba almashish;

- 2021 yilda MDH tashkil topganining 30 yilligi arafasida Belarus Respublikasi va O‘zbekistonda  bo‘lib o‘tadigan 30 dan ortiq tadbirlarda sog‘liqni saqlash vazirliklarining faol ishtirokini taʼminlash;

- 2020 yil davomida Kengashning O‘zbekiston raisligida o‘tgan faoliyati yakunlari bo‘yicha natijalarni sarhisob qilish kabi muhim masalalar kun tartibida ko‘rib chiqildi.

Videokonferensiya yakunida  2021 yilgi rejalar ko‘rib chiqilib, Kengashning keyingi 33-yig‘ilishida muhokama qilinadigan masalalar belgilab olindi.

Mavzuga oid

AQSH ekspertlari O‘zbekistonning diniy e...

O‘zbekistonni “alohida xavotirga molik davlat” sifatida tasniflamagani AQSH musulmon va xr...

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida inson...

Kecha mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek...

Pekinda o‘z missiyasini yakunlayotgan SH...

Pekinda o‘z missiyasini yakunlayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi Vlad...

So`nggi yangiliklar