Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/May/2021   Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti


O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi sababli chuqur xavotirda ekanligini bildiradi.

Tomonlarni zo‘ravonlikka chek qo‘yish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd ul-Fitr arafasida mojaroni hal etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.

Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini – status-kvoga rioya etilishini ta’minlash zarur, deb hisoblaymiz.

Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq me’yorlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar hamda “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishi lozim.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya COVID-19 ga qarshi kurash...

Bugun mamlakatimizning Seuldagi elchixonasida Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligin...

Markaziy Osiyo mamlakatlari, Afg‘oniston...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov boshchiligidagi delegatsiya Ma...

Samarqand viloyati bilan Xenan provinsiy...

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimo...

So`nggi yangiliklar