Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Turkiya parlamenti Spikerlari hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi


TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Turkiya parlamenti Spikeri Mustafo Shentop bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Qonunchilik palatasi manbasiga asoslanib.

Suhbat avvalida parlamentlar rahbarlari bir-birlarini yaqinda o‘tgan dunyo musulmonlarining umumiy bayrami – Qurbon hayit bilan samimiy muborakbod etdi.

Muloqot chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Turkiya parlamenti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi. Turkiya parlamenti Spikeriga Oliy Majlisning Turkiya parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhning yangi tarkibi va O‘zbekiston parlamenti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

M.Shentop bugungi kunlarda O‘zbekiston butun xalqaro hamjamiyat kabi insoniyat boshiga kelgan jiddiy sinov – koronavirus pandemiyasini boshidan o‘tkazayotani va respublika rahbariyati tomonidan o‘z vaqtida olib borilayotgan oqilona siyosat hamda epidemiyaga qarshi ko‘rilayotan samarali choralar tufayli mamlakatda pandemiya oqibatlarini yumshatishga erishilayotganini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga u Turkiya do‘st O‘zbekiston xalqini bundan buyon ham pandemiyaga qarshi kurashishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Suhbat yakunida tomonlar bo‘lib o‘tgan muloqotdan qoniqish hosil qilganini ifodalab, kelajakda o‘zaro foydali va konstruktiv hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qata...

Bayonotda O‘zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harak...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Se...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni ...

O‘zbekiston Prezidenti: qadr-qimmatimiz,...

Bugun, Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yil...

So`nggi yangiliklar