Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Iyun/2020   Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi


TOSHKENT, 19 iyun. /Dunyo AA/. Bugun, 19 iyun kuni  soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilayotgan yalpi majlisda qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi, “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi yangi qonunlari shular jumlasidan.

Bundan tashqari, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlar senatorlar tomonidan muhokama qilinadi.

“2007 yil 27 iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29 aprel) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Bo‘g‘uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo‘llanilishini taqiqlash to‘g‘risidagi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) qo‘shilishi haqida”gi Qonunlari ham yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalardan sanaladi.

Shu bilan birga, Adliya vazirining O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti, qolaversa, Samarqand viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitilishi nazarda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasiga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan parlament so‘rovlari yuborish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston – Litva: maqsadli siyosat va...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Litva Seymasi raisi o‘rinbosari Irena Shyaulene boshchi...

O‘zbekiston – Germaniya: diplomatik muno...

Bugun, 6 mart kuni O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilg...

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatu...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgas...

So`nggi yangiliklar