Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Parlament

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi


TOSHKЕNT, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqardi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisini 2021 yil 15 dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan. “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi, “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi, Toshkent shahar hokimining hududlarni rivojlantirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijro etilishining borishi yuzasidan hisobotlar eshitiladi.

Shuningdek, senatorlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini muhokama qiladi.

Yalpi majlisda eksport hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Parlament yuqori palatasining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2020 yil va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ham eshitish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Kengash majlisida Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarning ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish haqida qaror qabul qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi britaniyalik siyosat...

Elchi Said Rustamov Buyuk Britaniya parlamentining O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha U...

MDH PAning 2022 yildagi majlisi O‘zbekis...

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlar Parl...

Senatorlar Tashqi ishlar vazirligining 2...

Bugun Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining 2020 yilda...

So`nggi yangiliklar