Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Iyul/2021   Dolzarb

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va taʼlim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga doir


TOSHKENT,  7-iyul . /“Dunyo” AA/.  Joriy yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va taʼlim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu hujjatga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat taʼlim tashkilotlari:

– ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno);

– taʼlim jarayoni natijasida olingan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) taʼlim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha) tatbiq etilgan holda realizatsiya qilish huquqiga ega.

Shuningdek, darsdan bo‘sh vaqtlarda, shu jumladan, yozgi taʼtil vaqtida quyidagi davlat mulki obyektlari nodavlat taʼlim tashkilotlariga ijaraga beriladi:

Maktabdan tashqari taʼlim kurslarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun davlat umumiy o‘rta va OTM bo‘sh maydonlari;

Aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun qishloq joylarda joylashgan davlat umumiy o‘rta va professional taʼlim muassasalaridagi kompyuter sinflari.

Shu bilan birga, aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan jalb qilingan o‘qituvchilar ish haqi xarajatlarining bir qismi oyiga BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 6 barobarigacha miqdorida 2024 yil 1 yanvarga qadar kompensatsiya qilinadi.

Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

2021 yil 1 oktyabrdan soliq to‘lovchi tomonidan tegishli xalqaro uyushmaga aʼzo bo‘lish uchun aʼzolik badallariga hamda qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga yo‘naltiriladigan o‘zining ish haqi va boshqa daromadlari summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Mavzuga oid

Osman Beg: Mehnat migrantlari muammolari...

Turkiyaning Istanbul va Adana shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Turkistonliklar ...

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston konstr...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 14-...

Shavkat Mirziyoyev: Ishimizga odamlarnin...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Andijon viloyatiga keld...

So`nggi yangiliklar