Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Fevral/2021   Qonunchilik

«O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganining ikki yilligi munosabati bilan «davra suhbati» o‘tkazildi

TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/.  Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganining ikki yilligi munosabati bilan «davra suhbati» o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir Tashqi ishlar vazirligi tomonidan JIDU bilan hamkorlikda tashkil etildi. «Davra suhbati»da Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi xodimlari, ilmiy-akademik doiralar vakillari, Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari, shuningdek, universitet talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda qonun normalarining amalda bajarilishining hozirgi holati muhokama qilindi. Ishtirokchilar, shuningdek, Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash, ularni ekspertlar darajasida ishlab chiqish va vazirlikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi  va pandemiya sharoitida hujjatlarni imzolashda raqamli texnologiyalarning o‘rni bo‘yicha fikr almashdi.

Xalqaro shartnomalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham maʼlumot berildi.

«Davra suhbati» yakunida ishtirokchilar mamlakatimiz shartnoma-huquq faoliyatiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldi.

Mavzuga oid

“Propiska” atamasi qonunchilikdan chiqar...

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida “propisk...

«Paxtasanoat ilmiy markazi» faoliyatini...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Paxtasanoat ilmiy markazi» aksiyadorlik jamiyati faoli...

Milliy preventiv mexanizmni rivojlantir...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Milliy preventiv mexanizm do...

So`nggi yangiliklar