Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston salohiyati Xitoyda o‘tkazilgan ko‘rgazmada taqdim etilmoqda


SHANXAY, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi xodimlari 22-25 sentyabr kunlari Suchjou (Szyansu provinsiyasi) shahrida tashkil etilgan «Buyuk Xitoy kanali bo‘ylab madaniyat va turizm EKSPO» (The 3rd Grand Canal Culture and Tourism Expo) uchinchi ko‘rgazmasida  ishtirok etayapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Buyuk Xitoy kanali dunyodagi eng qadimgi va hozirgi vaqtda ham faoliyat ko‘rsatayotgan kema yuradigan gidrotexnik inshootlardan biri hisoblanadi. U ikki ming yil davomida, yaʼni miloddan avvalgi VI asrdan eramizning XIII asrigacha qurilgan. Hozirgi vaqtda ushbu kanal Xitoyning eng muhim ichki suv yo‘llaridan biri hisoblanadi. U, shuningdek, mamlakatning Shanxay va Tyanszin kabi yirik portlarini bog‘lab turadi.

Ko‘rgazma doirasida mamlakatimizning eksport salohiyatiga bag‘ishlangan O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi.  «KINOA LLC»  mahalliy kompaniyasi tomonidan xitoylik hamkorlar – «Beijing Sinex Co., Ltd»  kompaniyasi bilan birgalikda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi uyushtirildi. Unda “Crafers”, “Chortoq”, «Natural Juice», “Uzkand” va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan quritilgan mevalar, mosh, qandolat mahsulotlari, mineral suv, sharbat va ichimliklar namoyish qilinmoqda. Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, taqdim etilgan mahsulotlar Xitoy bozorida ham ancha xaridorgir.

Ko‘rgazmaning madaniy qismi doirasida Xitoy universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tomonidan tayyorlangan milliy o‘zbek raqslari  taqdim etildi.

O‘zbekiston milliy stendini EKSPOda namoyish etilishi mamlakatimizning zamonaviy Ipak yo‘lidagi sayyohlik maskani sifatidagi imijini mustahkamlashga, shuningdek, Xitoy bozorida o‘zbek mahsulotlarining eksportini yana-da rag‘batlantirishga yordam beradi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari foliya...

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi mamlakatimiz tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy dipl...

ITSV : Germaniya hukumati 2021 yilda O...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) tomonidan Germaniya Iqtisodiy hamkorlik ...

O‘zbekiston Moddiy merosni saqlash va ta...

O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi Moddiy merosni saqlash va ta’mirlash masa...

So`nggi yangiliklar