Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Fevral/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misrning yirik savdo kompaniyalari vakillari o‘zbek mahsulotlari eksportini oshirish xususida fikr almashdi


TOSHKENT, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi  va Misrning yirik savdo kompaniyalari vakillari ishtirokida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.  Muloqot davomida Misr va mintaqadagi arab davlatlariga o‘zbek milliy mahsulotlari eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-sanoat palatasi vakillari Misrning yetakchi savdo kompaniyalariga ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish, milliy mahsulotlar eksport hajmini kengaytirish  bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etdi.

Misrlik tadbirkorlar respublikamizdan turli tovarlar, xususan, ip-kalava, oziq-ovqat mahsulotlari va quyosh panellarini import qilishda qiziqish mavjudligi va bu borada Palata bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Mavzuga oid

Budapeshtda O‘zbekiston va Vengriyaning ...

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Vengriya qishloq xo‘jaligi palatasi vitse-prezidenti...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya strategik ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqov 6 may kuni Koreya Respublikasi...

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston tibbiy vo...

Ayni paytda elchixonamiz “Health Line”ning Saudiya Arabistonidagi ishonchnomasini tayyorla...

So`nggi yangiliklar