Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr Savdo palatalari federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

QOHIRA, 20-yanvar. /Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi va Misr Savdo palatalari federatsiyasi rahbariyati  o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda o‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonlar o‘rtasida koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan o‘zaro manfaatli va o‘zaro maqbul hamkorlikni faollashtirish zarurligi yuzaga kelganini qayd etdilar. Ma’lumki, ikki davlat savdo palatalari vakillarining oxirgi uchrashuvi 2018 yil 5 sentyabrda, Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisiyning O‘zbekistonga buyurgan tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan edi.  

Muzokaralar chog‘ida hamkorlikning hozirgi bosqichida to‘qimachilik, kimyo va oziq-ovqat sanoati, maishiy texnikalar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi samarali aloqalarni kengaytirishdan har ikki tomon manfaatdor ekanligi alohida qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, joriy yil yanvaridan boshlab to‘rt oy davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida yuqorida qayd etilgan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn muzokaralarning o‘tkazilishi zarurligi yuzasidan yakdil fikr bildirildi.

Onlayn muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Misrda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma va konferensiyalarda biznesmenlar ishtiroki hamda 2022 yili Misrning yirik biznes doiralari vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Termiz shahrida O‘zbekiston-Afg‘oniston ...

Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya boshqarmasidan maʼlum qilishlaricha, bugun ...

O‘zbekiston Malayziyaga to‘qimachilik m...

Kecha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida “O‘zengilsanoat” uyushmasi vakil...

Janubiy Koreyaning «MBC Rental» kompaniy...

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddilari bilan...

So`nggi yangiliklar