Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Parlament

O‘zbekiston Senati Raisi Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH PA Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi


 TOSHKENT, 27  noyabr. /“Dunyo” AA/.   O‘zbekiston Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH PA Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Senat maʼlumotiga ko‘ra, Kengash aʼzolari tashkilotning 53 yalpi majlisi kun tartibi, shuningdek, 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasini muhokama qildi.

So‘ngra parlament aʼzolari Hamdo‘stlik makonida bo‘lib o‘tgan saylovlar, shu jumladan, 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi monitoringi natijalarini ko‘rib chiqdi.

Majlisda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori baho berildi. MDH PA Kengashi vakillarining fikrlariga ko‘ra, saylov xalqaro andozalarga muvofiq ochiq, demokratik va shaffof o‘tdi.

Shuningdek, majlisda shu  yil 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov boshchiligidagi monitoring guruhi tashkil etilib, tarkibiga 75 nafar xalqaro kuzatuvchi kiritilgani qayd etildi.

So‘ngra MDH Davlat rahbarlari kengashining 2021 yil 15 oktyabr va MDH Hukumat rahbarlari kengashining 2021 yil 12 noyabrdagi qarorlari yuzasidan axborot eshitildi.

Shuningdek, uchrashuvda madaniyatlararo va dinlararo muloqot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari, to‘qqizinchi Nevskiy xalqaro ekologik kongressi, shuningdek, uchinchi Yevrosiyo ayollar forumi yakunlari ko‘rib chiqildi.

Parlament aʼzolari Parlamentlararo Assambleya tomonidan tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilayotganini qayd etib, MDH PA saytida o‘z g‘oyalarini bildirish va turli masalalar bo‘yicha tajriba almashish imkoniyati yaratilgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid

Senat raisi Butunxitoy xalq vakillari ke...

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Butunxitoy xalq vakillar...

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida 2022 ...

Bugun Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida “2022 yil uchun O‘zbekiston...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisinin...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha BMT Bos...

So`nggi yangiliklar