Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Sport

O‘zbekiston sportchi qizlari badiiy gimnastika bo‘yicha ikkinchi xalqaro onlayn turnirda munosib ishtirok etdi


TOSHKENT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. Badiiy gimnastika bo‘yicha dunyoning 9 ta mamlakati mahoratli sportchilari ishtirokida ikkinchi xalqaro onlayn turnir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Ispaniya, Estoniya, Latviya, Serbiya, Makedoniya, Sloveniya va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘zlarining kuchli tarkiblari bilan ishtirok etdi.

Onlayn xalqaro turnirda yakka tartibdagi mashqlarda sportchilarning har biri 4 turdagi dasturdan uchtasini taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi. Guruh mashqlarida jamoalar ikkita kompozitsiyani ijro etdi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston vakillari 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ayniqsa, guruh mashqlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi qizlarining chiqishlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi va ular barcha medallarni qo‘lga kiritdi. Murabbiy Yekaterina Pirojkova qo‘l ostida shug‘ullanib kelayotgan qizlarimiz ko‘pkurashda kumush, 5 to‘p bilan bajarilgan mashqlarda esa oltin hamda 3 halqa va 2 juft bulavada bajarilgan mashqlarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ikkinchi onlayn xalqaro turnir o‘smir qizlarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ular guruh mashqlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 Ushbu musobaqalarda yosh va isteʼdodli Yosmina Rahimova bulava bilan kumush hamda to‘p bilan mashq bajarishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi futbol jamoasi “...

Ertaga, dushanba kuni Toshkentda “Bosh vazir kubogi - 2020” futbol turnirining final bahsi...

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiy...

Shu yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo ...

II Toshkent xalqaro marafoni 6 dekabr ku...

Joriy yil 6 dekabr kuni II Toshkent xalqaro marafoni o‘tkaziladi,

So`nggi yangiliklar