Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Sentabr/2021   Sport

O‘zbekiston sportchilari Pekin qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun kurashmoqda


TOSHKENT, 7-sentabr.  /“Dunyo” AA/. Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘zbek sportchilarining yuksak salohiyatini namoyon etdi. O‘zbekiston atletlari joriy yozgi Olimpiya o‘yinlarida 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 32-o‘rinni, Paralimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal bilan 16-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi va MDH davlatlari orasida esa Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

Oldinda 2022 yilning fevral oyida Xitoy poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari turibdi. Ayni paytda o‘zbekistonlik sportchilar bo‘lajak qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanma beradigan musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida qishki Olimpiya o‘yinlarida bitta oltin medal va fristayl bo‘yicha jahon chempionatlarida qo‘lga kiritilgan medallar bor. Bundan tashqari, Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda o‘zbekistonlik figurali uchish ustalari 70 dan ortiq medalni qo‘lga kiritgan.

Respublika rahbariyati mamlakatda qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda. Xususan, O‘zbekistonda 2020-2023 yillarda qishki sport turlarini rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Uning doirasida mamlakatimiz hududlarida zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlangan, xalqaro standartlarga javob beradigan yopiq muzli maydonlar qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sportchilarni qishqi sport turlari bo‘yicha mahoratini oshirish bo‘yicha xorijlik mutaxassis va murabbiylar jalb etilmoqda.

Mamlakatimiz poytaxtida «Humo Arena» muz saroyi  qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu arenada oliy toifali sportchilarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Hukumat qarori bilan Toshkent viloyatida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti tashkil etildi. Bu yerda uzunligi 15 km dan ortiq bo‘lgan sakkizta chang‘i trassalari qurilgan.

"Dunyo" AA suratlari.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik ikki nafar shaxmatchi FID...

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) fevral oyi uchun yangi reyting jadvalini eʼlon qildi....

Markaziy Osiyo mamlakatlari Milliy olimp...

Markaziy Osiyo davlatlari Milliy olimpiya qo‘mitalari bosh kotiblari ishtirokida videokonf...

Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun k...

Rossiya Federatsiyasining Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan olib borilgan on...

So`nggi yangiliklar