Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Yanvar/2023   Hamkorlik

O‘zbekiston tabiat resurslari vazirligida Janubiy Koreya atrof-muhit vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Janubiy Koreya atrof-muhit vaziri o‘rinbosari Yu Chechul boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida keyingi yillar davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida barcha sohalarda bo‘lgani singari ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari izchillik bilan ravnaq topib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Maʼlumki, hozirgi paytda Global yashil o‘sish institutining Markaziy Osiyodagi yagona ofisi O‘zbekistonda ochilgan bo‘lib, Tabiat resurslari vazirligida faoliyat ko‘rsatmoqda. “KEITI” kompaniyasi ishtirokida samarali amalga oshirilgan “O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bosh rejani tuzish”  texnik ko‘magi loyihasi doirasida 6,6 mln AQSH dollariga teng grant loyihasi moliyalashtirish uchun maʼqullandi, shuningdek, yirik investitsiya loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilgani holda Janubiy Koreya hukumatiga taqdim etildi.

Shuningdek, “Sejin G&E So., Ltd.” kompaniyasi ishtirokida “Toshkent viloyati maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Energetika vazirliklari bilan kelishuvga erishilganligi ham muhimdir.

Tabiat resurslari vazirligi xodimlari Koreya Respublikasi Atrof-muhit vazirligining Ekologiya sohasida kelajakdagi ilg‘or rahbarlar uchun magistrlik dasturida faol ishtirok etayotgani ham yaqin hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi hisoblanadi.

Uchrashuvda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida hamkorlikda olib borilgan ishlarning natijalari hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va Koreya Respublikasi Atrof-muhit vazirligi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv bayonoti imzolandi.

Janubiy Koreya Atrof-muhit vaziri o‘rinbosari Yu Chechul boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston ko‘magida Mozori-Sharif xalq...

O‘zbekiston ko‘magida rekonstruksiya qilingan Mozori-Sharif xalqaro aeroportining ochilis...

Jiddadagi buxoriylar diasporasining faol...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi Jiddadagi buxoriylar diasporasi faol xotin-qizlari bilan b...

Buxoro viloyatida Hindistonning yetakchi...

Respublikamizda AKT tizimini yana-da rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani jalb qilishg...

So`nggi yangiliklar