Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri: Afg‘onistonni xalqaro miqyosda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushbu davlatga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarur


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida bugun Afg‘onistonda mutlaqo yangi voqelik yuzaga kelganini ta’kidladi. To‘liq vakolatli hamda xalqaro e’tirofga ega bo‘lishga intilayotgan Muvaqqat hukumat tuzildi.

Qayd etilganidek, Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqa davlatlari, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lib qoladi.

Ayniqsa, hozirgi zamonaviy bosqichda ushbu davlatni xalqaro miqyosda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Afg‘onistonga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Forum ishtirokchilari Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, birodar afg‘on xalqiga tezkor insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish masalasida xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri mamlaka...

Bugun tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositala...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri uch kun...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 16-18-fevral kunlari Tojikiston, Turkma...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri iqlim ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya bugun vazi...

So`nggi yangiliklar