Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Belarus' tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi


TOShKENT, 4 mart. /«Dunyo» AA/.  O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov  bugun  O‘zbekiston-Belarus' hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Belarus' tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Guryanovni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston – Belarus' hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Belarus' tomoniga joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklifnoma topshirildi.

Uchrashuvda 2021-2022 yillarda O‘zbekiston va Belarus' o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar rejasi imzolandi.

Mavzuga oid

Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vak...

Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolat...

MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlarin...

Kecha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muho...

Rossiya siyosiy doiralari O‘zbekiston Pr...

Mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirz...

So`nggi yangiliklar