Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi


TOSHKENT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun onlayn shaklda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari hamkorligi bo‘yicha “Iqtisodiy rivojlanish uchun epidemiyaga qarshi hamkorlikni mustahkamlash” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, xalqaro forum ishida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari hukumat va tashqi siyosat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.

A.Kamilov o‘z nutqida hozirgi holatda pandemiya oqibatlarini tezroq bartaraf etish, iqtisodiy o‘sishni tiklash va uzoq muddatli barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishishga yo‘naltirlgan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi taklif va tashabbuslarning muhim ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari ishtirokchilarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishi va sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash borasida O‘zbekiston Hukumati tomonidan ko‘rilgan tizimli choralar bilan tanishtirdi, pandemiya davridagi yaqin hamkorlik va o‘zaro ko‘mak uchun xorijiy sheriklarga minnatdorlik bildirdi.

Vazir “yashil iqtisodiyot”ga erishishda ratsional ekologik rivojlanishning muhimligini alohida taʼkidladi. Shu nuqtayi nazardan Markaziy Osiyoda “yashil” qayta tiklanishning Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda Orolbo‘yi aholisining hayot sharoitlarini va sifatini yaxshilash bilan chambarchas bog‘liqligi eʼtirof etildi.

Konferensiya yakunida uning ishtirokchilari 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi BMT kun tartibidagi maqsadlarga erishish uchun o‘zlarining konstruktiv hamkorlikka tayyorliklarini tasdiqladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Bir ma...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov joriy yil 23 iyun kuni onlayn shaklda ...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi dele...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya jo...

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Ro...

Bugun O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvl...

So`nggi yangiliklar