Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Noyabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi


TOSHKENT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Varshava shahrida (Polsha) Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi va delegatlarga videomurojaat qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan anjumanda 58 mamlakat tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda. Ushbu formatdagi bundan oldingi ikkita forum Vashington shahrida 2018 va 2019 yillar tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari o‘z chiqishida mamlakatimizning diniy erkinlikni taʼminlash borasidagi tajribasi,  shuningdek, respublika ushbu yo‘nalishda o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarning izchil bajarayotgani to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Konferensiya mavzusi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan chuqur demokratik o‘zgarishlar ruhiga mos ekani taʼkidlandi.

Respublikada qisqa muddat ichida eʼtiqod erkinligini mustahkamlash sohasida ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar qayd etildi. Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi xalqaro huquq meʼyorlari va eng yaxshi demokratik standartlarni hisobga olgan holda tayyorlangani, diniy birlashmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi soddalashtirilgani, mamlakat tarixida birinchi marta din va eʼtiqod erkinligini monitoring qilish bo‘yicha parlament eshituvlari o‘tkazilgani shular jumlasidandir.

Vazir, shuningdek, jamiyatda diniy erkinlik va millatlararo totuvlikni taʼminlashning samarali usullaridan biri - bu bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash, shuningdek, taʼlim va maʼrifatni faol targ‘ib qilish ekanini taʼkidladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari ushbu muhim forum insonlarning din erkinligiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirishdagi yana bir muvaffaqiyatli qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda “Raqamli tadbirkorlik” va...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng jo...

Tailandlik ekspertlar O‘zbekiston Prezid...

Tailandning ekspert-tahliliy va ilmiy doiralari vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyevning...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar v...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun videokonfer...

So`nggi yangiliklar