Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Aprel/2021   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dohada Qatar Amiri bilan uchrashdi


TOSHKЕNT, 11-aprel. /«Dunyo» AA/. Doha shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga yo‘llagan maktubini yetkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb jihatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni sezilarli darajada oshirish zarurligini ta’kidladi.

Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surishning muhimligi ta’kidlandi.

Qatar tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Muzokaralarda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

Zamonaviy O‘zbekiston, mintaqaviy tashqi...

Mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasi tomonidan Javaharlal Neru universiteti bilan...

Litsenziyalash va ruxsatnomalar berish t...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 fevral kuni tadbirkorlik faoliya...

O‘zbekiston Prezidenti: Hamma yo‘nalishl...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bugun Rishton tumanida...

So`nggi yangiliklar