Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2021   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dohada Qatarning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashdi


TOSHKЕNT, 10-aprel. /“Dunyo” AA/. Dohada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Qatarning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar afg‘onlararo inklyuziv muzokaralarni davom ettirish orqali Afg‘onistondagi siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, Afg‘onistonda barqaror tinchlikni o‘rnatishga ko‘maklashish uchun xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirish muhim sanaladi.

Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy, shuningdek, Afg‘onistonda O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining qo‘shni mamlakat iqtisodiyotini tez sur’atda tiklashda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

Mavzuga oid

Ertaga O‘zbekiston va Hindiston rahbarla...

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respu...

AQSh Interpol milliy markaziy byurosi ra...

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tashabbusi bilan AQShnin...

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari ...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qil...

So`nggi yangiliklar