Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Mart/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 1-mart. /«Dunyo» AA/. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov  bugun Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Pak Chon Su bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Koreya Respublikasining “Yangi Shimoliy siyosat” dasturi Yevroosiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, u O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan mintaqaviy strategiya bilan hamohang ekanligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda strategik sheriklikni kengaytirish, jumladan, Erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Pak Chon Su boshchiligidagi delegatsiya kecha tashrif bilan Toshkentga keldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar, Investitsiya va tashqi savdo vazirliklari hamda qator idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish  ushbu tashrif dasturidan o‘rin olgan.

Anvar Ilyasov  olgan surat («Dunyo» AA).

Mavzuga oid

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri bilan u...

2020-yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Rossiya...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Rossiya elchisi Oleg Malginovni q...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Ni...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa bo‘...

So`nggi yangiliklar