Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyul/2021   TIV yangiliklari

Latviya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti


TOSHKENT, 27 iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Latviya elchisi Mixails Popkovsni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, vazir elchining Toshkentdagi diplomatik vakolatxona rahbari lavozimida ishlagan chog‘ida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

 Uchrashuvda siyosiy muloqotni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.

Mixails Popkovs Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida unga doimiy yordam ko‘rsatilgani va samarali hamkorlik uchun minnatdorligini izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, Mixails Popkovs 2017 yildan beri O‘zbekistondagi elchixonani boshqarib kelmoqda. U Buxoroda tug‘ilgan va voyaga yetgan.

Mavzuga oid

Minsk shahrida O‘zbekistonning MDHdagi r...

Ilhom Ne’matov O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida Hamdo‘stlik ishtirokchi mamlakat...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bo...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan B...

O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar...

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi doiras...

So`nggi yangiliklar