Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dushanbeda BMT Aksilterror markazi direktori bilan uchrashdi


DUSHANBЕ, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Tojikiston poytaxtida BMT Aksilterror markazi (BMT ATM) direktori Jehangir Xan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT ATM o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi besh yil davomida O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

O‘zbekiston BMTning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalari bilan faol hamkorlik qiladi, bu boradagi fundamental universal me’yoriy hujjatlarning ishtirokchisi hisoblanadi. Mamlakatimizda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro ekspertlarning fikricha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston dunyoning, jumladan, sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlaridan biri maqomini oldi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi tayin...

Oliy Majlis Senati Kengashining qarori bilan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari...

O‘zbekiston TIV rahbari Iqtisodiy hamkor...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Iqtisodi...

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vaz...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Moskva shahrida Rossiya tashqi is...

So`nggi yangiliklar