Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dushanbeda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari bilan uchrashdi


DUSHANBЕ, 8-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Tojikiston poytaxtida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Natalya German bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va MOPDMM o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston tomonidan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazining mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash, konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi rolini yuksak qadrlanishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Shu nuqtai nazardan, uchrashuvda qayd etilganidek, O‘zbekiston va BMTning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhim o‘rin tutadi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vaziri EXHT loyihalari koo...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov YEXHTning O‘zbekistondagi loyihal...

O‘zbekiston va Shvetsiya tashqi ishlar v...

Amaliy tashrif bilan Stokgolm shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdu...

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Italiya e...

So`nggi yangiliklar