Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kuvayt kompaniyasi rahbari bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

 TOSHKENT, 27-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi prezidenti Yusuf Muxammad al-Alini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda, jumladan, Kuvayt sarmoyalari va texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb etish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Xalqaro migratsiya tash...

TIV: Termizda Surxondaryo va Balx viloya...

Termiz shahrida bugun Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O‘zbekisto...

O‘zbekistonda Meksika elchisi akkreditat...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Meksikaning mamlakat...

So`nggi yangiliklar