Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyul/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Buyuk Britaniya davlat vaziri xalqaro tashkilotlar doirasida tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi


TOSHKENT, 26 iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Buyuk Britaniyaning Yevropa qo‘shnichilik va Amerika masalalari bo‘yicha davlat vaziri Vendi Morton bilan videomuloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha muloqotni kengaytirish, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

Shu nuqtayi nazardan, Vendi Morton 2021 yil 16 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga yuqori baho berdi.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan ikki tomonlama hamkorlik va boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston...

Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori, Qoraqalpog‘iston Res...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri iqlim ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya bugun vazi...

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Kuvayt elchisi Ahmad...

So`nggi yangiliklar