04/Dekabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 4-dekabr. /Dunyo» AA/. Polshada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 2 dekabr kuni Lodz shahri meri Xanna Zdanovska bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, Lodz viloyati bilan savdo-iqtisodiy sohada hamda O‘zbekiston bozoriga investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Lodz viloyati va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tikuv-to‘qimachilik sanoatida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va uning hajmini sezilarli darajada oshirish hamda Polshaga eksport mahsulotlarini yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.