Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarini qabul qildi


TOSHKЕNT, 13 aprel. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenkoni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi yakunlari sarhisob qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi hamda joriy yilda turli darajalarda qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish borasida rejalar belgilab olindi.

Kecha vazir Rossiyaning mamlakatimizdagi elchisi etib tayinlangan Oleg Malginovdan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi. Oliy va yuqori darajada bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibini muhokama qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston b...

Bugun O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yev...

O‘zbekiston-Fransiya tashqi ishlar vazi...

Bugun O‘zbekiston va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvl...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining axb...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlik hayʼatining...

So`nggi yangiliklar