Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikistonning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi


TOSHKENT, 13-may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Tojikistonning yangi tayinlangan elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzodani qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, vazir ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi hamda ushbu yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvafaqqiyatlar tiladi.
Uchrashuv chog‘ida ikki birodar mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi sababli bugun kunda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari jadal rivojlanayotgani, yangi yo‘nalishlarni qamrab olib, amaliy mazmun bilan boyiyotgani qayd etildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajada bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashdi.
Bundan avval Tojikiston Prezidentining yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Abdujabbor Rahmonzoda 2017-2021- yillarda ushbu davlatning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan Sodiq Imomiyning o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasiga erishishdagi katta xizmatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Sodiq Imomiyni O‘zbekistonning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirladi.

Mavzuga oid

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy...

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi parlamentining qo‘shma majlisi boshlandi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari str...

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Vladimir Putinni muhim siyosiy tadbir – Rossiya Federat...

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda inflya...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi davom etmoqda.

So`nggi yangiliklar