Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi


TOSHKЕNT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Turkiya elchisi etib tayinlangan Olgan Bekarni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Olgan Bekar mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlagan Turkiya elchisi Mehmet Sureyya Er o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid

O‘zbek diplomatlari Ohangaron shahridagi...

Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xodimlari Ohangaron shahridagi qator mahallalar...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri uch kun...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 16-18-fevral kunlari Tojikiston, Turkma...

Tashqi ishlar vaziri TIV huzuridagi Tarj...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridag...

So`nggi yangiliklar