Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Aprel/2021   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Qatar savdo-sanoat vaziri savdo aloqalarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shma iqtisodiy tadbirlarni o‘tkazish masalalarini muhokama qildi


TOSHKЕNT, 11-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun Doha shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar savdo va sanoat vaziri Ali bin Ahmad al-Kuvariy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar savdo aloqalarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, qo‘shma iqtisodiy tadbirlarni o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Suhbat davomida Qatar tomoniga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, investitsiya faoliyati, jumladan, erkin iqtisodiy zonalarda qulay shart-sharoitlar yaratish va davlat korxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Hamkorlikni rivojlantirish uchun tomonlarda ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini tasdiqlar ekan, Qatar savdo va sanoat vaziri iqtisodiyotning tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarida savdo va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish zarurligini ta’kidladi.

Qatar tomoni, avvalambor, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga, O‘zbekistonning turizm infratuzilmasini rivojlantirishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv davomida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti 2021 yil — «Yosh...

O‘zbekiston Prezidenti «2021 yil — «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini m...

Shavkat Mirziyoyev: makroiqtisodiy barqa...

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshi...

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘...

O‘zbekiston Prezidentining «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ban...

So`nggi yangiliklar