Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqining yangi tayinlangan elchisini qabul qildi


TOSHKЕNT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan elchi Sharlotta Adrianni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Vazir Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarini mazkur tayinlov bilan tabrikladi, unga O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayonini ijobiy baholadilar.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi, «Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo» siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali, kun tartibi va tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

2021 yil mart oyining oxiriga qadar O‘zbekistonga «GSP+» maqomi berilishiga umid bildirildi, bu esa O‘zbekiston va YI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirishga yordam beradi.

Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim sohasida, xususan, yangi «Erasmus» dasturi orqali yaqin hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda amaliy tashrif bil...

O‘zbekiston-Fransiya tashqi ishlar vazi...

Bugun O‘zbekiston va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvl...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi inte...

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tvitterda ochilgan @ahkamilov akkaunti O‘zbekist...

So`nggi yangiliklar