04/Dekabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 4-dekabr. /Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha vakili Tereza Ribeyru bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, YEXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili ofisi bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Bugun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida axborot sohasini takomillashtirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida ochiqlik va ommaviy axborot vositalari erkinligini taʼminlashga sodiqlik siyosati faol yuritilayotgani qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, YEXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili idorasi bilan ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan yaqin va ochiq hamkorlik o‘tgan yillar davomida jadal rivojlanib bormoqda.
Jurnalistlar, blogerlar, shuningdek, respublika davlat organlari matbuot kotiblarining xorijiy mutaxassislar va YEXHT ekspertlari ishtirokida treninglar va o‘quv kurslari tashkil etish orqali kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Jurnalist ayollarning huquqlarini taʼminlash va malakasini oshirishga bag‘ishlangan qator seminarlarni birgalikda o‘tkazishdan manfaatdorlik bildirildi.