18/May/2022 TIV yangiliklari
BRYUSSEL, 18-may. /“Dunyo” AA/. Tashrif bilan Bryusselda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov kecha Yevropa tashqi saʼy-harakatlar xizmati Bosh kotibining o‘rinbosari Enrike Mora bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibiga doir bo‘lajak tadbirlar, jumladan, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «YEI – Markaziy Osiyo» o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha vazirlar konferensiyasi yuzasidan fikr almashdilar.