Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Mart/2021   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Avstraliya elchisi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi


TOShKENT, 6 mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Avstraliyaning mamlakatimizdagi elchisi (qarorgohi - Moskvada) Greym Mixan bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazdi. Greym Mixan 2020 yil 21 dekabr' kuni ishonch yorlig‘ini topshirgandan so‘ng o‘z vazifasiga kirishgan edi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida joriy yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanishi ta'kidlandi. O‘tgan davrda o‘zaro hamkorlik, shu jumladan, BMT va boshqa ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi aloqalar samarali ravishda mustahkamlandi.

Ayni paytda O‘zbekiston va Avstraliya siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va o‘zaro manfaatli boshqa sohalardagi munosabatlarni izchil rivojlantirmoqda.

Tomonlar xavfsizlik va global kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha pozisiyalarning o‘xshashligi yoki yaqinligi, ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish, ilm-fan, ta'lim, turizm tarmoqlarida o‘zaro almashinuvlarni jadallashtirish borasidagi mavjud ulkan salohiyat o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etayotganini ta'kidladi. Shu nuqtai nazardan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari, sayyohlik kompaniyalari, universitetlar rahbarlarining onlayn-muloqoti kabi yangi hamkorlik mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston-Avstraliya muloqotini amaliy mazmun bilan to‘ldirish orqali yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha sohalarda sheriklikni faollashtirish bo‘yicha kelishib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tas...

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasida ...

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning uyiga bo...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha o‘tkazilgan jamiya...

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar v...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Erkin Jalilovich Hamroyev O‘zbekisto...

So`nggi yangiliklar