Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va MOMAMM direktori mintaqada giyohvand moddalarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurash sohasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi


TOSHKЕNT, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (MOMAMM) direktori Rustam Miralizodani qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida tomonlar mintaqada giyohvand moddalarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va qo‘shma chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yo‘llarini muhokama qildi.
 MOMAMM direktori O‘zbekistonda giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarni, mamlakatimizning Markazga a’zo boshqa davlatlar bilan samarali hamkorligini yuqori baholadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Ger...

Tashqi ishlar vaziri EXHT loyihalari koo...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov YEXHTning O‘zbekistondagi loyihal...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Xitoy elchisi Szyan...

So`nggi yangiliklar