28/Noyabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev bugun Qozog‘iston elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, davlatlar rahbarlarining shaxsiy aloqalari, ochiq va ishonchli muloqoti tufayli O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi. Bugungi kunda ikki mamlakat hamkorligi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanmoqda.
Turli darajadagi rejalashtirilgan tashriflar hamda uchrashuvlarning jadvali va ularning tashkiliy hamda mazmundorligi yuzasidan fikr almashildi.
Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Savdo, avtomobilsozlik, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda kooperatsiyani rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.
Bo‘lajak madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro sayohatlarini tashkil etish orqali turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).