Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Avgust/2020   Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi


TOSHKENT, 7-avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi (STJ) ijrochi direktori Xolid Al-Xudayri bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va STJ o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilbydi.

Qayd etilganidek, STJ moliyaviy manbalari O‘zbekistonda ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash, qishloq joylarda uy-joy qurish, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, suv ta’minoti tizimini yaxshilash kabi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda foydalanilmoqda. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda STJ ishtirokida 88 million AQSh dollari qiymatidagi 4 ta loyiha amalga oshirildi, 186 million AQSh dollari qiymatidagi 6 ta loyiha yakunlanish bosqichida turibdi.

Xolid Al-Xudayri O‘zbekiston bilan ikki tomonlama shaklda va Arab muvofiqlashtirish guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirishdan, shuningdek, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini izhor etdi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekist...

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga samimiy qutlovla...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH de...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Amerika Qo‘shma Shta...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Belarus...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun O‘zbekiston-Belarus' hukumatlar...

So`nggi yangiliklar