Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Oktabr/2021   Media

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari bosh muharriri bilan suhbati Malayziya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida


KUALA-LUMPUR, 14-oktabr. /«Dunyo» AA/. Malayziyaning «Bernama» milliy axborot agentligi saytida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari bosh muharririga bergan intervyusi asosida tayyorlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Maqolada O‘zbekiston Afg‘onistonning nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki mintaqaviy konstruktiv va yaratuvchan loyihalarga asos bo‘ladigan yangi imkoniyatlar manbasi ekanini nazarda tutishga chaqirayotgani ta’kidlangan.

Malayziya axborot agentligi vazir Abdulaziz Komilovdan iqtibos keltirar ekan, Afg‘onistonda oddiy bo‘lmagan vaziyat yuzaga kelayotgani, bu e’tibor qaratish lozim bo‘lgan yangi voqelik ekani va undan yuz o‘girib bo‘lmasligi haqida yozadi. O‘zbekiston bu masalaga nafaqat Afg‘onistonning yakkalanib qolishini bartaraf etish, shuningdek, unga insonparvarlik yordami ko‘rsatilishini faollashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda ham yondashmoqda. Respublika ushbu mamlakat bilan chegarani ochib, muhim tovarlar - oziq-ovqat, neft mahsulotlari va elektr energiyasi yetkazib berishni qayta tikladi, deyiladi maqolada.

“O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ko‘ra, “mamlakatda afg‘on yo‘nalishida qandaydir pinhona yoki mavhum ma’noli kun tartibi yo‘q. Bizning nuqtai nazarimiz aniq-ravshan, harakatlarimiz shaffof va amaliy mazmunga ega. O‘zbekiston Afg‘onistonning tinch va mustaqil davlat sifatida qaror topishidan manfaatdordir. Afg‘on zamini mintaqa mamlakatlari va xalqaro xavfsizlik uchun bundan buyon tahdid solmasligi kerak. Barqaror, tinch va farovon Afg‘oniston ko‘pmillatli afg‘on xalqining hamda xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga javob beradi”, - deb ta’kidlaydi Malayziya axborot agentligi.

Maqola xulosasida “Afg‘onistonga ijtimoiy-iqtisodiy ko‘maklashishni davom ettirish va rivojlanish loyihalarini amalga oshirish gumanitar inqirozning oldini olish, vaziyatni barqarorlashtirish va mamlakatning nizodan keyingi qayta tiklanishi uchun o‘ta muhim. Bunday vazifalarni hal qilmay turib, Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlarda uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash deyarli mumkin emasligi ayon bo‘lib bormoqda»,- deb yozadi «Bernama».

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari F.S...

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari F.Sidiqov: Toshkent konferensiyasida davlat yetakchil...

O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temir y...

Indoneziyaning “Kediropedia” axborot agentligi veb-saytida O‘zbekiston Prezidenti huzurida...

O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ...

O‘mon Sultonligining «Asdaa Oman» gazetasi o‘z o‘quvchilarini O‘zbekistonning ijtimoiy-siy...

So`nggi yangiliklar