Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir qator OAVda O‘zbekistonda mavjud laboratoriyalarning biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida tarqalayotgan xabarlarni rad etdi


TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. «O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning G‘arb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi go‘yoki yaqin joylashgan davlatlar uchun xavf tug‘dirayotgani borasidagi asossiz bayonotlar tarqalishi kuzatilayotganini qayd etadi»,  - deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bugun eʼlon qilingan bayonotda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Bir qator OAVda O‘zbekistondagi mavjud laboratoriyalarning go‘yoki biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida tarqalayotgan maʼlumotlarning mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga eʼtibor qaratamiz, - deb qayd etilgan hujjatda. -  Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan.

 Bundan tashqari, O‘zbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarog‘larni taʼqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish va to‘plashning taʼqiqlanishini taʼminlaydi.

O‘zbekistonga nisbatan bildirilgan har qanday asossiz bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarda muayyan keskinlikni keltirib chiqaradi va, eng muhimi, o‘zaro ishonchga asoslangan davlatlararo muloqotga zarar yetkazadi, deb hisoblaymiz».

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirlikla...

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va boshqa sohalarga oid ikki tomonlam...

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Kobulda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uc...

AQSh Birlashgan Millatlar Tashkilotiga J...

Nashrning xabar berishicha, qaror 2021 yil 6 iyulda kuchga kiradi

So`nggi yangiliklar