Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Noyabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari o‘rinbosarini qabul qildi

TOSHKENT, 25 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) rahbari o‘rinbosari Markus Potselni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMTning afg‘on masalasini hal etish borasidagi saʼy-harakatlari, mamlakatning mojarodan keyingi rivojlanish jarayoni muhokama qilindi. Tomonlar Afg‘onistonning dolzarb muammolarini hal etishda BMTning muhim rolini taʼkidladi.

Markus Potsel mamlakatimiz rahbariyatining uzoq muddatli afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston hukumati bilan tomonlarning majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini shakllantirish to‘g‘risidagi tashabbusini yuqori baholadi.

Shuningdek, Afg‘onistonga insonparvarlik yordam ko‘rsatish, Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash va mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va UNAMA o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar afg‘on muammosi bo‘yicha dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Shvetsiya tashqi ishlar v...

Amaliy tashrif bilan Stokgolm shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdu...

O‘zbekiston TIV rahbari Ko‘rfaz arab dav...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov K...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyal...

Bugun Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy baz...

So`nggi yangiliklar