03/Fevral/2023 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Falastin elchisi Javod Muhammad Avadni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlarning BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha fikr almashildi.