Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Iordaniya elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Iordaniya elchisi Demiya Zuhayr Haddodni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Podshohligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan (1993-yil 15-fevral) bir-birlarini tabrikladilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qo‘shma tadbirlarning tashkiliy jihatlari va muddatlari, xususan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari BMTning Tamaddun...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tas...

Mansurbek Qilichev O‘zbekistonning Misrd...

Oliy Majlis Senati Kengashining qarori bilan Mansurbek Qilichev O‘zbekistonning Misrdagi e...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbo...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Buyuk Britaniyaning...

So`nggi yangiliklar