Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi


 TOSHKENT, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 25-yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  muxbiri.

Uchrashuv ishtirokchilari mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi, IHT Bosh kotibining maʼruzasini tingladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida ishtirokchilar eʼtiborini Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining videoanjuman shaklida o‘tgan 14-sammitida  ilgari surilgan tashabbus va takliflarni to‘liq amalga oshirish zarurligiga qaratdi.

Delegatsiyalar rahbarlari va IHT Bosh kotibi O‘zbekistonni 2022 yilda tashkilotga raislikni qabul qilib olayotgani bilan tabrikladi. Ular O‘zbekiston raisligini to‘la qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlab, mamlakat raisligi davrida mintaqaviy hamkorlik yana-da mustahkamlanib, IHTning xalqaro maydondagi roli oshishiga ishonch bildirdi.

2021 yil 28 noyabr kuni Ashxobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n beshinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 1985 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda unga O‘zbekiston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va Pokiston aʼzo. Mamlakatimiz IHTga 1992 yilda qo‘shilgan.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari: Mar...

Bugun poytaxtimizdagi xalqaro media-xollda “Markaziy Osiyoda ahil qo‘shnichilikning o‘rnat...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining yan...

Bugun Tashqi ishlar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan yig‘ilishida davlatimiz rahbarini...

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari "O‘z...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov videokonferensaloqa shakli...

So`nggi yangiliklar