03/Fevral/2023 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Isroil elchisi Zehavit Ben Hillelni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar, shuningdek, innovatsiya, tibbiyot, taʼlim va turizm sohalaridagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi.
Bo‘lajak muloqotlar jadvali, tashkiliy va mazmunli jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston va Isroil Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.