Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Jazoir elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Jazoir elchisi Bumedian Gennadni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, jumladan, o‘zaro tashriflar, maslahatlashuvlar tashkil etish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikning ijobiy tajribasini saqlab qolish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston va Jazoir savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Ros...

O‘zbekiston TIV rahbari va AQSH elchisi ...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Amerika Qo‘shma S...

O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari s...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston tashqi ishlar vaziri Sho...

So`nggi yangiliklar