Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Latviya qishloq xo‘jaligi vaziri bilan uchrashdi

 TOSHKENT, 19 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Latviya qishloq xo‘jaligi vaziri, Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasi hamraisi Kaspars Gerxards bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Latviya hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kaspars Gerxards Latviya tomoni O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

Latviyaning yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Latviya bozoriga eksportini ko‘paytirish, mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash orqali iqtisodiy diplomatiyani faol ilgrai surish yuzasidan fikr almashildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Organik dehqonchilik, urug‘chilik tizimini rivojlantirish, texnikalarni laboratoriya sinovidan o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi uskunalarini sertifikatlash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

Bugun Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi dasturining Boshqaruv qo‘mitasining birinchi yig‘...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va USA...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kecha AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) m...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Misr elchisi Amira F...

So`nggi yangiliklar