06/Dekabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron elchisi Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston-Eron hamkorligini, jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston-Eron hamkorligining dolzarb masalalarini hal etish bo‘yicha amaliy aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)